Har bir ma'ruza — alohida nazariy modul. Folderni oching va mavzu bo'yicha to'liq materialni o'rganing.
1.1-ma'ruza
Elektr zaryad, Kulon qonuni, maydon kuchlanganligi va kuch chiziqlari; elektr maydon va ekologik xavfsizlik.
1.2-ma'ruza
Maydon ishi, potensial va kuchlanish, o'tkazgich va dielektriklar; LED va energiya tejamkor texnologiyalar.
1.3-ma'ruza
O'tkazgich sig'imi, kondensatorlar va ulanishi, maydon energiyasi; GaN va zamonaviy tezkor quvvatlash texnologiyalari.
2.1-ma'ruza
Tok kuchi va zichligi, Om qonuni, qarshilik, ulanishlar; galvanik elementlar va batareya turlari.
2.2-ma'ruza
Tok ishi va quvvati, Joul-Lens qonuni; issiqlik, gidro va atom elektr stansiyalari (IES, GES, AES).
3.1-ma'ruza
O'tkazgichlar va Drude nazariyasi, qarshilikning temperaturaga bog'liqligi, o'ta o'tkazuvchanlik; elektr xavfsizligi va elektron chiqindilar ekologiyasi.
3.2-ma'ruza
Elektrolitlar, dissotsiatsiya va Faradey qonunlari; elektroliz, galvanotexnika, plazma va suvni elektrokimyoviy tozalash.
3.3-ma'ruza
Elektron (n) va kovak (p) o'tkazuvchanlik, donor va akseptor aralashmalar; elektromobillarning tuzilishi va ekologik ahamiyati.
4.1-ma'ruza
Magnit induksiya va kuchlanganlik, Bio-Savar-Laplas qonuni, Amper va Lorens kuchlari; Yer magnit maydoni va elektr o'lchov asboblari.
4.2-ma'ruza
Faradey tajribasi va qonuni, Lens qoidasi; biomagnetizm, MRI, magnetoterapiya va elektromagnit ekologik xavfsizlik.
5.1-ma'ruza
Tebranish konturi, Tomson formulasi va elektromagnit to'lqinlar; axborotni to'lqin orqali uzatish — Wi-Fi, 5G, optik tola va Green ICT.
5.2-ma'ruza
So'nmas tebranishlar va tranzistorli generator; radiochastotali to'lqinlar va telekommunikatsiyaning qushlar migratsiyasi hamda bioxilma-xillikka ta'siri.
6.1-ma'ruza
Majburiy tebranishlar, o'zgaruvchan tok va effektiv qiymatlar, generator (εmax = BSω); qayta tiklanuvchi manbalar va yashil energetika.
6.2-ma'ruza
Maksvell nazariyasi va siljish toki, ochiq tebranish konturi (Gers vibratori), elektromagnit to'lqinlar va energiyasi; elektromagnit ekologiya.